Toshkentda “Hizb-ut Tahrir”ning 12 a’zosi ushlandi

3-sahifa

image
Samarqandda “Hizb ut-Tahrir”ning 6 nafar a’zosi qo‘lga olindi north_east

Samarqandda “Hizb ut-Tahrir”ning 6 nafar a’zosi qo‘lga olindi

Bugun, 17 sentyabr kuni, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Toshkent shahrining Olmazor, Uchtepa, Yashnobod va Yunusobod tumanlarida “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkiloti a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Natijada istiqomat qiluvchi 12 nafar gumonlanuvchi qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Ushlanganlarning barchasi 1980 y.t. Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi “R.U.”ning g‘oyaviy ta’siri ostida ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan.

Ma’lum qilinishicha, “R.U.” va uning jinoiy sheriklari Internet orqali Ukraina davlatida yashirinib kelayotgan 1980 yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan, “Maxmud Abdulmo‘min” taxallusli – Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich bilan aloqa o‘rnatib, uning ma’ruzalari va “Hizb-ut Tahrir” ekstremistik tashkiloti materiallarini aholi orasida tarqatish hamda uning ko‘rsatmalari asosida “tahrirchilar” safiga yangi a’zolarni yollash bilan shug‘ullanib kelgan. Shuningdek, ular Respublikada “Xalifalik” davlatini qurish to‘g‘risidagi g‘oyalarni doimiy ravishda targ‘ib qilishgan.

Mazkur shaxslarning yashash manzillarida va uyali aloqa vositalarida “Hizb-ut Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining adabiyotlari va materiallari mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda ularning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlikka tortish maqsadida tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

400

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing