Toshkentda hindistonlik o‘z joniga qasd qildi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan xususiy firmada ishlab kelgan 1963 yilda tug‘ilgan Hindiston fuqarosi Sh.S. o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, marhum Toshkentda vaqtincha ro‘yxat asosida yashab kelgan. U vafotidan oldin ingliz va rus tillarida tilxat yozib qoldirgan. Unda asosan moddiy qiyinchilikka tushib qolgani, o‘z joniga o‘zi qasd qilgani, ushbu holat bo‘yicha hech kimga hech qanday da’vosi yo‘qligi haqida yozilgan. 

Shuningdek, marhum tilxatda tanasini Hindiston Respublikasiga jo‘natilishini iltimos qilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Sh.S. 12 iyul kuni taxminan soat 12:00-13:00 oralig‘ida firma binosi ichidagi hammomxonada o‘zining chap bilak sohasi tomirlariga va bo‘yin sohasiga ustara yordamida jarohat yetkazib, o‘z joniga qasd qilgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Yakkasaroy tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 11 iyun kuni 45 yoshli o‘zbekistonlik ayol Hindistondagi xususiy shifoxona hammomida o‘z joniga qasd qilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yakkasaroy hindistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing