Toshkentda harakatlanib ketayotgan Hyundai yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 5 avgust kuni Toshkent shahri, Chilonzor tumanida harakatlanib ketayotgan Hyundai Sonata rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi

Xabarga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:16 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 16:21 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 3 avgust kuni Samarqand viloyatida Captiva rusumli avtomobil yonib ketdi. Qolaversa, joriy yilning iyul oyida ham yuqoridagiga o‘xshash bir necha holatlar kuzatildi.

Jumladan, Toshkentning Olmazor tumanida ichida 8 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan “GAZel” yuk mashinasi yonib ketdi. Yong‘in avj olishidan avval “GAZel”dagi yo‘lovchilar zudlik bilan tushirilgan. Shuningdek, “Qamchiq” dovonida Nexia rusumli avtomobil yonib ketdi. Ushbu avtomobilda ham yo‘lovchilar bo‘lgan. Ular o‘z vaqtida avtomobil salonini tark etgan.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing