Toshkentda harakatlanayotgan Orlando yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 26 fevral kuni Toshkent shahrida harakatlanayotgan Orlando rusumli avtomobilning motor qismida yong‘in chiqdi. Bu haqda shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea taxminan soat 08:15 larda Uchtepa tumanining Kichik halqa yo‘li ko‘chasi 16-uy qarshisida sodir bo‘lgan. 2004 yilda tug‘ilgan M.O. boshqaruvidagi Orlando rusumli avtomashinaning motor  qismida, elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. 

Yong‘in Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

“Haydovchilardan transport vositalarining texnik holatini o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazishlarini hamda belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi IIBB YHXB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 15 fevral kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida Kia va Lacetti rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergandi. 20 fevral kuni esa Yakkasaroy tumanida 2 ta elektrobus va Cobalt rusumli avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing