Toshkentda ham mushuklar “qabristoni” topilgani aytilmoqda
3-sahifa
−
26 iyul 2022
10778Toshkent shahri Yangihayot tumani “Xushnud” MFY Visol ko‘chasidagi ariqqa 30 dan ortiq mushuklarning jasadlari hamda ularning shilib olingan terilari tashlab yuborilgan. Bu haqda “ekologuz” Telegram-kanalida xabar berildi.
“Ariq nazoratsiz qolib ketgani bois istalgan odam chiqindisini tashlab ketadigan bo‘ldi. Mahalla va boshqa tegishli tashkilotlarning ariq chiqindixona bo‘lib borayotgani bilan ishi yo‘q. Bugun ariq oldidan o‘tar ekanman u yerdagi holatni ko‘rib qo‘rqib ketdim. Ariqning hozirgi ahvoli sanitariya va ekologiya talablariga javob bermaydi. Bizga noma’lum bo‘lgan shaxslar tomonidan 30 dan ortiq mushuklarning jasadlari, shilib olingan terilari hamda yelim xaltalarga solingan ichak chavoqlari tashlab ketilgan”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Nukus shahri yaqinidagi maishiy chiqindilar poligonidan 100 dan ortiq it va mushuklarning jasadi topilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi