Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimlariga ham yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 9 mart kuni Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimlariga ayollar bilan ishlovchi o‘rinbosarlar tayinlandi. 

Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga Zuhra To‘rayevna Mirg‘oziyeva tayinlandi. 

Zuhra Mirg‘oziyeva 2009 yildan 2020 yilga qadar Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimligida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar esa Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari  lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 

Jizzax viloyati hokimiga Nazira Abdusattorovna Muxtorova o‘rinbosar etib tayinlandi. U oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaradi. 

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar, u 2020 yil fevral oyidan viloyati hokimi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. 

Shuningdek, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Nargiza Keldibekovna Tojiboyeva tayinlandi.

Nargiza Tojibayeva ushbu tayinlovga qadar viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Avvalroq, Xorazm, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyalarida hokimlarga ham yangi o‘rinbosarlar tayinlagani haqida xabar berg‘an edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing