Toshkent yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilmaydi

Sport

image

Toshkent 2025 III yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilmaydi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

“Osiyo Olimpiya kengashi dastlab O‘zbekiston poytaxti Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan III Osiyo o‘smirlar o‘yinlari bekor qilinganini e’lon qiladi. 2024 yil 2 dekabrda bo‘lib o‘tgan Ijroiya kengashi yig‘ilishida qabul qilingan qarorga ko‘ra, tadbir endi 2025 yilda Bahraynda o‘tkaziladi”, deyiladi xabarda.

Bahslarning nega Toshkentda o‘tkazilmayotganiga hozircha izoh berilgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgandi. Bahslar bo‘lib o‘tadigan Yashnobod tumanidagi Olimpiya shaharchasida qurilish ishlarining katta qismi yakunlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Osiyo o'yinlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing