Toshkent yer usti metrosining 19 ta bekati nomi o‘zgaradi

Jamiyat

image

Toshkent yer usti metrosining Qo‘yliq va Sergeli yo‘nalishlaridagi 19 ta bekatga qanday nom berish bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi o‘tkaziladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, aholi fikrini yig‘ish va ovozga qo‘yish uchun yaqin kunlarda Toshkent shahar hokimligining maxsus veb-sahifasi ishga tushiriladi. Jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar ustida ishlash maqsadida ishchi guruh tashkil qilingan. 

Mazkur masalaga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan bir qatorda, olimlar, tarixchilar, filologlar, o‘lkashunos, blogerlar, toponimika sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar taklif etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropolitenining 7-bekati joriy yilning 21 noyabr kunidan 6 dekabr kuniga qadar yopilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

456

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing