Toshkent yana dunyoda havo iflosligi bo‘yicha yetakchilardan bo‘ldi
Jamiyat
−
20 noyabr 2025 2831 1 daqiqa
Bugun, 20 noyabr kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 2-o‘ringa chiqdi. Bu haqda IQAir portali ma’lumotlarida keltirilgan.
Toshkent vaqti bilan soat 18:55 holatiga ko‘ra, poytaxt havosida mayda PM 2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 166 mkg/metr kubni tashkil etgan. Bu hozirda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yillik PM 2,5 bo‘yicha tavsiya etilgan me’yoridan 33,2 baravar yuqori.

Ma’lumot uchun, bunday ob-havo sharoitida aholidan zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik, surunkali nafas olish yo‘llari kasalliklariga chalingan fuqarolar tibbiy niqoblardan foydalanishi tavsiya qilinadi.
Ko‘chadan uyga kirgandan keyin yaxshilab yuz-qo‘llarni yuvish, xonada chang to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik, eshik va derazalarni mahkam yopish va kuniga bir necha marta yaxshilab nam latta bilan tozalash kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet ham Toshkent havosi ifloslanganligi to‘g‘risida ogohlantirish bilan chiqqan edi. Mutaxassislar ifloslanishning ortishini, keskin harorat o‘zgarishlari tufayli yuzaga kelgan inversiya bilan bog‘liq ekanini aytmoqda. Bunday sharoitda zararli zarralar yerga yaqin havo qatlamida to‘planib qoladi.
Live
Barchasi