Choyxonadagi janjalda 27 yoshli yigit uch kishini otib tashladi
Jamiyat
−
06 fevral 2020
24493Bugun, 6 fevral kuni soat 00:10 larda Qo‘qon shahar, General Uzoqov ko‘chasida joylashgan choyxonada janjal oqibatida uch kishi o‘q otar quroldan jarohatlandi.
Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bergan ma’lumotga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro J.J. fuqaro B.M. va uning ikki nafar sheriklari bilan janjallashgan.
Janjal davomida, J.J. choyxonaning kirish eshigi oldida turgan B.M. va uning sheriklariga o‘zida bo‘lgan o‘q otar qurol (ov miltig‘i) dan ikki marotaba o‘q otib, tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.
Jabrlanuvchilar olgan jarohatlarning og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “a, p” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr