“Toshkent-Vodiy” yo‘lining 6 ta joyida tosh-tuproq o‘pirilib tushdi
Jamiyat
−
12 mart 2022
11140Avvalroq, Toshkent va Farg‘ona vodiysi viloyatlarini bog‘lab turuvchi “Qamchiq” dovonida transport harakati qor ko‘chishi xavfi sabab to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik. Dovon yo‘li yopilishi munosabati bilan Angren shahrida joylashgan “Angren-Lend” oshxonasida maxsus shtab ish faoliyatini boshladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda yo‘lda qolib ketgan avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilar Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumiy ovqatlanish shohobchalariga joylashtirilmoqda. Ular uchun zaruriy sharoitlar yaratilgan.
Shuningdek, “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismidagi avtomobil yo‘lining xavfli hududlari “Qamchiq” Maxsus, qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi, “Qamchiq” qor ko‘chkisini kuzatish stansiyasi, geologik xavfli jarayonlarni kuzatish “Farg‘ona” stansiyasi, “Qamchiqavtoyo‘l” xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganib chiqilgan.
“O‘rganish natijalariga ko‘ra, soat taxminan 7:30 da A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 229,8 km hududida, avtomobil yo‘lidan 80-100 metr uzoqlikda tog‘ yonbag‘irliklaridan 300 ming metr/kub hajmda qor ko‘chkisi sodir bo‘lib, qor massalari Qamchiqsoy o‘zaniga tushgan. “Toshkent-Vodiy” avtomobil yo‘lining 6 ta joyida esa tosh-tuproq massasi o‘pirilishi sodir bo‘lib, yo‘l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushgan” deyiladi xabarda.
Bundan tashqari nomustahkam tosh massalari avtomobil yo‘lining 251,7 km, 260 km oraliqlaridagi avtomobil yo‘liga tushishi mumkin bo‘lgan hududlar aniqlangan. Hozirda xavfli xududlarda tosh massalarini majburiy tushirish bo‘yicha “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi, “Qamchiqavtoyo‘l” hamda Yo‘l-harakati xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Dovon yo‘lida sodir bo‘lgan geologik va gidrometeorologik xodisalar oqibatida jabrlangan va jaroxat olganlar yo‘q. Eslatib o‘tamiz, qor qatlami yig‘iladigan joylar holati mustahkam emas, ko‘chki xavfi mavjud”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr