Ortiqxo‘jayevning o‘rinbosari Toshkent viloyatiga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Davron Xidoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi farmon Prezident saytida e’lon qilindi. 

Bugungacha ushbu lavozimda Rustam Xolmatov ishlab kelayotgan edi. 

Davron Xidoyatov 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 

Ma’lumoti – oliy. 1998 yilda  Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (kunduzgi) tamomlagan. 

•    1996-1998 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bosh amaliyot bo‘limi 1-toifali mutaxassisi (0, 5 stavka);

•    1998-1999 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi Hamza filiali xalqaro hisob-kitoblar bo‘limi boshlig‘i;

•    1999-2001 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi Hamza filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi;

•    2001-2002 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi Akademik filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari;

•    2002-2004 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi Hamza filiali boshqaruvchisi;

•    2005-2007 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki moliya muassasalari bilan hamkorlik qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i;

•    2007-2008 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi;

•    2008-2009 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i;

•    2009-2012 yillarda “General Motors Uzbekistan” yopiq aksiyadorlik jamiyati moliya masalalari bo‘yicha boshqaruvchi direktori (2011-2012 yillarda o‘rindoshlik asosida “JV MAN Auto-Uzbekistan” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi bosh direktori

•    2012-2014 yillarda “JV MAN Auto-Uzbekistan” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi bosh direktor;

•    2014-2017 yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi;

•    2017-2018 yillarda Chilonzor tumani hokimi;

•    2018 yildan bugungacha Toshkent shahar hokimining arxitektura,  kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Davron Xidoyatov

Baholaganlar

357

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing