Toshkent viloyatidan poytaxtga 8 ta mahalla o‘tkazildi
Jamiyat
−
17 dekabr 2021
16800Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi 8 ta mahalla Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga o‘tkazildi. Bu haqda Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi ma’lum qildi.
Xususan, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan hududlarda olib borilgan xatlov ishlari natijalariga ko‘ra, Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga jami 2107,4 ga yer, shundan 1002,6 ga qishloq xo‘jaligi yer maydoni o‘tkazildi.
Bunda quyidagi ijtimoiy ob’ektlar ham Yashnobodga o‘tkazildi:
- Mahallalar – 8 ta;
- Noturar joylar – 195 ta;
- Turar joylar – 5091 ta;
- Maktablar – 3 ta;
- Maktabgacha ta’lim muassasalari – 1 ta;
- Diniy muassasalar – 2 ta;
- Qabristonlar – 2 ta;
- Tibbiy muassasalar 1 ta.
Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Yashnobod tumani etib belgilanadi.
LiveBarchasi