Toshkent viloyatidagi tug‘ruqxonada homilador ayol chaqalog‘i bilan vafot etdi

3-sahifa

−

image

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi tug‘ruqxonada homilador ayol chaqalog‘i bilan vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.  

Aniqlanishicha, bugun, 14 iyul kuni soat 06:45 da fuqaro M.D. Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga 3-homiladorlik 38 hafta 2-tug‘ish o‘tkir ichak infeksiyasi sepsis, septik shok, gipovalinik shok, isitmasi yuqori holatdagi tashxisi bilan olib kelingan.

Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 30 yoshli M.D. soat 08:10 da vafot etgan.

Hozirda Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan ayolning o‘limi holati bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchiq dovonida 2 ayol sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing