Toshkent viloyatidagi metan “zapravka”da “Jiguli” yonib ketdi
3-sahifa
−
17 fevral
6646Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliqdagi metan "zapravka"da “Jiguli” yonib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB mazkur ko‘ngilsiz holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 17 fevral kuni soat taxminan 09:30 larda Toshkent viloyati Olmaliq shahri Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan metan "zapravka"da gaz quyish vaqtida 35 yoshli G.K.ga tegishli bo‘lgan “VAZ–2106” da yong‘in chiqqan. Oqibatda avtomobil qisman yongan, atrofdagilar jabrlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldin ham Toshkent viloyatidagi gaz "zapravka"da “Jiguli” yonib ketgan edi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi