Toshkent viloyatidagi mahallalar soni qisqardi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida mahallalar soni 142 taga qisqardi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida viloyatda maqbullashtirilgan mahallalar chegaralarini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilgan.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Davlat kadastrlari palatasi va Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmalari tomonidan viloyat hududidagi mahallalar sonini optimallashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Unga ko‘ra, mahallalar soni 142 taga qisqardi, 178 ta mahalla chegaralariga o‘zgartirishlar kiritildi. Viloyat bo‘yicha jami mavjud mahallalar soni 883 ta bo‘lgan.

Sessiyada davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘ining ushbu masala yuzasidan bergan hisoboti ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan maqbullashtirilgan mahallalarning chegaralari tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahri kengaytirilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent mahalla Xalq deputatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing