Toshkent viloyatida yo‘l haqi oshdi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati shahar ichi yo‘lovchi transportida yo‘l haqi tariflari o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu viloyat shaharlarida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha korxona va tashkilotlarga qarashli yo‘nalishlardagi yo‘lovchilar tashish xizmatlarining cheklangan tariflari qayta ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, avtobuslarda 1 nafar yo‘lovchi uchun 1 500 so‘m (avval 1000 so‘m edi), yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)larda 2 000 so‘m  (1500 so‘m edi) etib belgilandi.

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent viloyati hokimining 2023 yil 29 dekabrdagi qarorida shahar yo‘nalishida qatnaydigan yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari xarajatlarining, jumladan, yoqilg‘i-moylash materiallari, ehtiyot qismlarning qimmatlashgani munosabati bilan, transport xizmatining barqaror ishlashini ta’minlash va korxonalarning moliyaviy jihatdan zarar ko‘rib ishlashini oldini olish maqsadida yo‘l haqi tariflari o‘zgarishi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati yo'l haqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing