Toshkent viloyatida yuk mashinasi yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
11 mart
2348Toshkent viloyati hududidan o‘tuvchi yo‘lda yuk tashuvchi transport vositasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 11 mart kuni soat 18:40 da Toshkent-Vodiy A-373 avtomobil yo‘lining 91 kilometrida harakatlanib ketayotgan yuk tashuvchi transport vositasida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in o‘chirish ekipaji yong‘in joyiga soat 18:50 da yetib borib, soat 19:07 da to‘liq o‘chirilgan.
“Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatidagi gaz to‘ldirish shoxobchalarining birida avtobus portlab ketgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

