Toshkent viloyatida YPX mashinasi avariyaga uchradi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga tegishli patrul avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 23 iyul kuni soat tahminan 05:00 larda tuman hududidan o‘tgan A373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 39-kilometrida Gentra va Cobalt rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 

Voqea sodir bo‘lgan joyga Lacetti rusumli xizmat avtomobilida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari yetib borgan va hodisani rasmiylashtirish ishlarini olib borgan. Xodimlar ushbu joyda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida patrul avtomobilini mayoqchalarini yoqqan holda mashinani qatnov qismining o‘ng bo‘lagiga joylashtirgan.

Shundan so‘ng, HOWO rusumli yuk avtomobilining haydovchisi “Toshkent-Olmaliq" yo‘nalishida boshqarib kelib, tajribasizligi hamda e’tiborsizligi oqibatida Lacetti rusumli patrul avtomobilining yon qismiga borib urilgan. 

Bildirilishicha, ushbu holatda harakat ishtirokchilarini sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Ikkala yo‘l-transport hodisalari yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda fuqaro turmush o‘rtog‘ining mashinasini yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urishi oqibatida avtomashina majaqlanib, yonib ketgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Ohangaron Lacetti YPX mashina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing