Toshkent viloyatida yong‘inni payqaydigan kamera o‘rnatildi

Texnologiya

image

Toshkent viloyatida yong‘inni avtomatik tarzda payqaydigan birinchi intellektual kamera o‘rnatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi

Qayd etilishicha, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Xavfsiz shahar” jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish markazi hamda Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizm boshqarmasi tomonidan “Xavfsiz turizm” dastur loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida DS-2TD6267-100C4L/W birinchi termal tasvirlash IP-kamera o‘rnatilgan. 

Ikki spektrli termal tasvir va optik IP joylashishni aniqlash tizimi bo‘lgan kamera aqlli xatti-harakatlarni tahlil qilish algoritmini qo‘llab-quvvatlaydi hamda o‘rnatilgan grafik protsessor bilan jihozlangan. 

Ushbu kamera yong‘in kabi xavfli vaziyatlarni yuqori aniqlik bilan payqash va real vaqtda signalni ishga tushirish imkonini beradi.

"Oddiy qilib aytganda, termal tasvir kamerasi nazorat qilinadigan hududdagi vaziyatni kuzatib boradi va issiqlik nurlanishiga, masalan, yong‘inga ta’sir qiladi. Haroratni o‘lchash natijalariga ko‘ra, darhol signal yuboriladi. Bu ma’muriy va turar-joy ob’ektlarini, shuningdek, turizm hududlarini samarali himoya qilishga yordam beradi", deyiladi xabarda.

Ushbu texnologiya favqulodda vaziyatlarda harakat qilish qobiliyatini sezilarli darajada kuchaytiradi va xizmatlarining samaradorligini oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing