Toshkent viloyatida o‘g‘irlangan avtomobil poytaxtda ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida o‘g‘irlangan Lacetti avtomobili Toshkent shahrida topildi va o‘g‘ri qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyatida 29 yoshli Feruz M. 25 yoshli Abubakir T.ga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobilni olib qochdi. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (“Transport vositasini olib qochish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchini qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rish tadbirlari boshlandi.

Joriy yilning 27 oktyabr kuni taxminan soat 06:15 da, davlat raqamlari olib qochilgan avtomobilniki bilan bir xil bo‘lgan transport vositasi Chilonzor tumanidagi Bunyodkor ko‘chasida ko‘ringan. Ammo haydovchi YPX va PPX xodimlarining transport vositasini to‘xtatish haqidagi qonuniy talabini bajarmasdan, harakatni davom ettirgan.

Chilonzor tumani IIO FMB jamoat tartibini saqlash bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik Tohir Rixsiyev yengil mashinada navbatchilik olib borayotganda olib qochilgan avtomobilni ko‘rib qolgan. Haydovchi qochishga uringaniga qaramasdan, o‘z avtomobilida uni yo‘lni chetiga qisib to‘xtatgan Rixsiyev T. tomonidan qo‘lga olindi.

Shu sababdan Toshkent shahar IIBB rahbariyati fidokor xodimni taqdirlashga qaror qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent o'g'rilik Lacetti

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing