Toshkent viloyatida uch kishi haydovchini pul uchun o‘ldirib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida uch kishi haydovchini pul evaziga qasddan o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shasutdinov ma’lum qildi.

Joriy yilning 13 oktyabr kuni soat 23:00 larda fuqarolar 199 1yilda tug‘ilgan A.Nurillayev (sudlangan, ishsiz), 2003 yilda tug‘ilgan D.Shaymanov (sudlangan, ishsiz) va 2003 yilda tug‘ilgan D.Xamrayev (11-sinf o‘quvchisi) o‘zaro jinoiy til biriktirib, Sirdaryo-Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro 1996 yilda tug‘ilgan A.Ernazarov bilan ularni Bo‘stonliq tumani hududiga olib borib kelishga ko‘ndirib, uning Lacetti rusumli mashinasiga o‘tirgan.

Ular mashinada pochta sifatida olingan 14 mln so‘m pul mablag‘i borligini bilgach, A.Ernazarovni aldov yo‘li bilan Quyichirchiq tumani, Tolovul mahallasi hududiga olib borishgan, pul mablag‘larini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uni bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirishgan.

14 oktyabr kuni viloyat prokuraturasi tomonidan A.Nurillayevga va boshqalarga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i, p” bandlari va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

470

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing