Toshkent viloyatida tog‘ cho‘qqisiga chiqib, tusholmay qolganlar qutqarildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 26 aprel kuni Toshkent viloyatida tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilib, pastga tusha olmay qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi.

FVV xabariga ko‘ra, soat 17:10 da Bo‘stonliq tumani Chimyon dam olish hududida uch nafar fuqaro sayr qilish uchun tog‘ning baland cho‘qqisiga chiqib, pastga tusha olmayotganliklarini ma’lum qilgan va yordam so‘raganlar.

Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilgan yetib borib, fuqarolarni dengiz sathidan 2200 metr bo‘lgan balandlikdan sog‘-salomat olib tushishga muvaffaq bo‘lganlar.


Maqola muallifi

Baholaganlar

402

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing