Toshkentda simyog‘ochga urilgan Cobalt to‘liq yonib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda simyog‘ochga urilgan Cobalt to‘liq yonib ketgani aks etgan foto va video tasvirlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ mazkur holat yuzasidan ma’lumot olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati rahbari o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev bilan bog‘landi. 

Uning ma’lum qilishicha, ushbu baxtsiz hodisa joriy yilning 12 noyabr kuni soat 15:10 da Toshkent shahrining Bektemir tumani  “Gulbog‘” MFYda sodir bo‘lgan. 

Aniqlik kiritilishicha, Cobalt haydovchisi harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton simyog‘ochga borib urilgan, oqibatda yong‘in yuzaga kelib, mashina to‘liq yonib ketgan.

Voqea joyiga 2 ta qutqaruv ekipaji jalb qilingan bo‘lib, ular hududga soat 15:19 da yetib borib, 15:34 da yong‘inni o‘chirgan. 

“Mazkur YTH oqibatida hech kim tan-jarohati olmagan”, deydi Samandar Hikmatullayev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 noyabr kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ham ISUZU rusumli avtobus bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH yong'in Toshkent viloyati Cobalt Bektemir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing