Toshkent viloyatida poyezd Damas'ni urib ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 15 dekabr kuni Toshkent viloyatida relsga tiqilib qolgan Damas'ni poyezd urib ketdi. Bu haqda "O‘zbekiston temiryo‘llari" xabar berdi.

Qayd etilishicha, Zangiota tumanida Dalaguzar-Nazarbek temiryo‘l kesishmasida Damas rusumli avtomashina haydovchisi taqiqlovchi belgilarga e’tibor bermay, temiryo‘lni kesib o‘tishga harakat qilgan. Oqibatda u temiryo‘lga tiqilib qolgan.

Damas egasi va boshqa avtomashinalar haydovchilari bilan birgalikda mashinani bo‘shatishga harakat qilgan, ammo imkoni bo‘lmagan. Yuk poyezdining mashinisti yo‘lda tiqilib qolgan mashinani ko‘rib, darhol shoshilinch tormozlashni faollashtirgan. Biroq yuk poyezdining 800 metrdan 1000 metrgacha bo‘lgan tormoz masofasi hisobga olinsa, to‘qnashuvning oldini olishning iloji bo‘lmagan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida temiryo‘l kesishmasida “Gazel” rusumli kichik yuk mashinasi va poyezd ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.  Hodisa oqibatida elektrovoz tortib ketayotgan “Termiz-Darband” shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdi to‘xtab qolgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yo‘lovchi poyezdi shu kuni soat 17:25 da harakatni davom ettirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent poezd Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing