Toshkent viloyatida “ozdiruvchi dori”larni sotganlar qo‘lga olindi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatida savdosi cheklangan kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni ozdiruvchi dori sifatida sotgan Qozog‘iston fuqarolari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, viloyatning Zangiota tumanida amalga oshirilgan reyd tadbirlarida 1989 yilda tug‘ilgan ayolning uyi va avtomobilidan qora bozordagi narxi 200 million so‘mga teng bo‘lgan 15 xil nom va ko‘rinishdagi 36 ming 696 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi sotish maqsadida saqlab kelinayotgani aniqlangan. 

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, ayolga dori vositalarini yetkazib bergan 34 yoshli Qozog‘iston fuqarosi ham O‘zbekiston hududiga 2 ming quti yoki 72 ming dona dori vositasini olib kirayotganda ushlangan. 

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Tezkor tadbir davomida 20 xilga yaqin turli nom va ko‘rinishdagi jami 108 ming 696 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda va ularning analoglari bo‘lgan dorilar muomalaga chiqarilishining oldi olingan.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent viloyati ozdiruvchi dori reyd tadbirlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing