Toshkent viloyatida narkolaboratoriya tashkil qilgan chet elliklar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida narkolaboratoriya tashkil qilgan Ukraina va Ozarbayjon fuqarolari, Toshkent shahrida esa narkodo‘kon tashkil qilganlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1998 yilda tug‘ilgan Ukraina fuqarosi va 2001 yilda tug‘ilgan Ozarbayjon fuqarosi vaqtincha istiqomat qilayotgan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadonda 411 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi, 7 kilogrammga yaqin yarim tayyor narkotik moddalar hamda 237 kilogramm prekursorlar borligi aniqlangan va protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Ular ushbu manzilda yashirin narkolaboratoriya tashkil etib, xorijdan keltirilgan xomashyolar yordamida sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan. 

Toshkent shahridagi holatda esa, poytaxtning Sergeli tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘shni respublikadan xalqaro yo‘lovchi avtobusi orqali yuborilgan 4 kg 799 gr “Alfa-PVP” sintetik narkotikni olgan vaqtida ushlangan. Aniqlanishicha, u Telegramʼda faoliyat yurituvchi  narkodo‘kon uchun ombor vazifasini bajarib kelgan.

Poytaxtdagi ikkinchi bir holatda Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1999 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining yashash xonadoni yaqinida joylashgan elektr transformatori ostiga keyinchalik sotish uchun  584 gr “gashish” moddasini yashirib qo‘ygan. Giyohvandlik vositasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. U ham Telegramʼda narkodo‘kon tashkil qilib, xorijdan olib kelingan giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan. 

Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Ozarbayjon Ukraina narkolaboratoriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing