Toshkent viloyatida mahkumni qamoqdan chiqarish uchun pora olgan advokat ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida advokat qamoqda bo‘lgan shaxsni ozodlikka chiqarib berish evaziga 30 ming dollar talab qildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, viloyatda faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati jazoni ijro etish muassasasida muddatini o‘tayotgan fuqaroni mansabdor tanishlari orqali ozodlikka chiqarib berishini aytib, evaziga mahkumning turmush o‘rtog‘idan 30 ming dollar talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda esa advokat oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Qayd etilishicha, ushbu advokat muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan. 

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida ayblanuvchiga yengilroq jazo tayinlashda yordam berish uchun 50 ming dollar pora olgan advokat ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora advokat mahkum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing