Toshkent viloyatida karantinga olingan 212 fuqaro o‘z uyiga kuzatildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish doirasida Toshkent viloyatining “Chotqol” sanatoriyasida fuqarolar karantinda saqlanayotgan edi. Kecha, 30 mart kuni 14 kunlik karantin muddati tugab uylariga ruxsat berilgan 212 nafar fuqaro doimiy yashash manzillariga kuzatildi. Bu haqda Respublika transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Transport vazirligi va vazirlikning hududiy boshqarmalari birgalikda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamkorligida markazlashgan holda avtobuslarda fuqarolarni manzillariga yetkazib qo‘yish ishlari tashkillashtirildi”, deyiladi xabarda.

29 mart kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olib, Virusologiya ilmiy tekshirish institutida davolangan 7 nafari to‘liq sog‘ayib, oilasi bag‘riga qaytdi. Ular endilikda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya tibbiyot markazida vaqtincha nazoratda ushlab turiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 150 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing