Toshkent viloyatida itlar so‘yilgani bo‘yicha rasmiy izoh berildi
3-sahifa
−
11 mart 2023
13419Avvalroq, Toshkent viloyatidagi uylarning birida o‘nlab itlar shafqatsizlarcha so‘yilib, terisi shilib olingani haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan Viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat Yuqori Chirchiq tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan aniqlanib, voqea yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, tumanning “Yassaviy” mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro V.X. o‘zining yashash xonadonida 25 dona, itlarni sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlagani va ularni so‘yib kelayotgani aniqlangan.
Hozirda tuman IIB va Veterinariya bo‘limi hamkorligida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, so‘yilgan itlarning soni va ushbu fuqaroning itlarni so‘yishdan ko‘zlagan maqsadlariga oydinlik kiritish jarayoni ketmoqda.
Keltirilishicha, ushbu surishtiruvlar davomida aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.
LiveBarchasi