Toshkent viloyatidagi uyda o‘nlab itlar shafqatsizlarcha o‘ldirildi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatidagi uylarning birida o‘nlab itlar shafqatsizlarcha so‘yilgani aytilmoqda. Bu haqda “Mehr va oqibat” jonivorlarni himoya qilish tashkiloti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 mart kuni “Mehr va oqibat” jonivorlarni himoya qilish tashkilotiga Toshkent viloyatidagi Ahmad Yassaviy nomidagi kolxozda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lingani haqida ariza kelib tushgan. Unda aytilishicha, u yerdagi uylarning birida itlar o‘ta shafqatsizlarcha o‘ldirilgan.

Holat yuzasidan “Mehr va Oqibat” ko‘ngillilari huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda berilgan manzilga borgan. Ular uy hovlisini ko‘zdan kechirganda yerda qon va o‘nlab it terilari yotganini ko‘rgan. Bu ishni qilganlar qon va terilarni tuproq bilan berkitmoqchi bo‘lgan. Shuningdek, uy egasi bu yerda itlar so‘yilmasligini aytgan.

Ko‘ngillilar hovlidagi 35 ta it va 9 ta kuchukchani qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lgan. 10 ta it Gavcheg boshpanasiga, qolganlari esa “Mehr” markaziga o‘tkazilgan.

Hozirda hodisaning barcha holatlari, jumladan, o‘ldirilgan itlar qanday va qayerga yetkazilgani o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing