Toshkent viloyatida ikki kishi YTH qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
03 yanvar 2020
6060Joriy yilning 1 yanvar kuni Toshkent viloyatida yo‘l-transport hodisasiga sababchi bo‘lgan haydovchining voqea joyidan ketib qolishi oqibatida piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
YTH soat 05:30 larda, Toshkent tumani hududida, haydovchi Toshkent tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan A.Z. Mercedes Benz rusumli avtomobilini mast holda boshqarayotib, yo‘l chetidagi piyoda Toshkent tumanida yashagan, 1977 yilda tug‘ilgan P.D.ni urib yuborib, YTH joyidan yashiringan. Natijada piyoda P.D. voqea joyida halok bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida haydovchi Z.A. aniqlanib, shu kuni ushlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra YTH haydovchining spirtli ichimlikdan mast holda avtomobil boshqarishi, qalin tuman tushganligi sababli piyodani ko‘rmay qolishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘limga olib kelgan yana bir YTH Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 1 yanvar kuni soat 19:00 larda yuz berdi.
Haydovchi N.A. Spark rusumli avtomashinasini "Bektemir –Chorbog‘" 4R-12 yo‘lining 67-kilometrida haydab ketayotib, piyodalar – uy bekasi X.R. va turmush o‘rtog‘i K.R. hamda o‘g‘li R.T.ni urib yuborgan.
Natijada X.R. voqea joyida vafot etgan. K.R. va R.T. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi