Toshkent viloyatida fuqaro ikki kishi o‘limiga sababchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati hududida VAZ haydovchisi ikki piyodani urib ketib voqea joyidan qochib ketgan. Bu haqida “25 soat” dasturi xabar berdi.

Joriy yilning 30 oktyabr kuni soat taxminan 22:30 larda, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq IIB ga Chirchiq-Yangibozor-O‘rtasaroy avtomobil yo‘lining tuman hududidan o‘tgan qismida noma’lum avtomashina 1976 yil hamda 1978 yillarda tug‘ilgan ikki kishini urib yuborgani haqida xabar kelib tushgan. Haydovchi esa jabrlanuvchilarga birinchi yordamni ko‘rsatmay, hodisa joyidan yashiringan. 

Voqea joyidan topilgan shisha siniqlari hamda guvohlarning bergan ko‘rsatmasi bu hodisani VAZ rusumli avtomashina sodir etganini ko‘rsatgan. 31 oktyabr kuni gumonlanuvchi shaxs YHX xodimlari tomonidan aniqlangan. 

Voqea sodir bo‘lgan hududda yashovchi fuqarolarning aytishiga qaraganda, ikki daqiqa ichida kuchli zarba tovushi eshitilgan. Bu holatda ular mashina zarba bilan urildi, degan fikrga borishgan. Lekin voqea joyiga kelib qarashganda avtomobil ikki kishini urib ketib, avtohalokat sodir etgan. Ular mashinani to‘xtatishga harakat qilgan, ammo avtomobil chiroqlarini o‘chirib voqea joyidan qochib qolgan. Oqibatda jabrlanuvchilardan biri voqea joyida, ikkinchisi shifoxonada vafot etgan.  

“Kelayotganimda qarama-qarshi yo‘nalishda, chiroqlari yongan mashina harakatlanayotgandi. Bunday holda ko‘zlarim qamashib, hech narsani ko‘rmay qoldim. Buni ataylab qilmadim”, dedi haydovchi. 

Holat yuzasidan Yuqori Chirchiq IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 117-moddaning 3-qism “a” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing