Chirchiqda fojia. Bir oilaning 4 a’zosi tiriklayin yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 27 mart kuni Toshkent viloyatida yuz bergan yong‘inda bir oilaning to‘rt a’zosi yonib ketdi. Bu haqda DYOXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining Kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga soat 00:29 da Chirchiq shahri “Bobur” MFY Mashar ko‘chasidagi 17-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlikda 6 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari soat 00:39 da ko‘rsatilgan manzilga yetib borgan vaqtida uy ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 01:20 da qurshab olinib, soat 01:58 da bartaraf etilgan. 

Yong‘in oqibatida 200 kv.metr maydonda uyning tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Uyning 100 kv.metr maydoni saqlab qolingan.

Achinarlisi, yong‘in jarayonida shu uyda yashagan 8 nafar oila a’zolaridan 4 nafari ya’ni, 33 yoshlik fuqaro B.R, uning rafiqasi hamda ikki nafar 8 va 12 yoshdagi farzandlari vafot etgan. 

Hozirda yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Toshkent viloyati

Baholaganlar

187

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing