Toshkent viloyatida Damas ikki nafar o‘quvchi qizni urib ketdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi Damas 2 nafar 14 yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa bo‘yicha tarqalgan videoda 2 nafar qizning avtohalokatdan so‘ng ayanchli ahvolda yo‘lda yotganini ko‘rish mumkin. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, shu yilning 15 may kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi 19 yoshli S.X. (erkak) boshqarayotgan Damas rusumli avtomashina “Tinchlik” yo‘lini kesib o‘tishda 14 yoshli 2 nafar maktab o‘quvchilarini urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Piyodalar avtohalokat oqibatida tan jarohati olib, tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga olib kelingan.

Mazkur hodisa yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda Olmaliq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tergovga qadar tekshiruv ishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yo'l-transport hodisasi maktab o'quvchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing