Toshkent viloyatida chamadon ichidan ayol murdasi topildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida chamadon ichidan ayol murdasi topildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 27 yanvar kuni soat taxminan 21:30 larda Ohangaron tumani Gulobod mahallasidan Parkent tumanida sodir bo‘lgan. 

Ma’lum qilinishicha, “Qiziltog‘” qo‘rg‘oniga olib boruvchi yo‘lning chap tarafi yo‘l sathidan 3 metr pastlikda, qizil rangli chamadon ichidan yoshi taxminan 30–35 yoshda bo‘lgan, osiyo millatiga mansub ayol kishi murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Murdaning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Dastlabki tergov harakatlari Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1652

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing