Toshkent viloyatida bir necha shaxs ikki yigitni kaltakladi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha noma’lum shaxs ikki kishini urib tan jarohati yetkazgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 22 yanvar kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida sodir bo‘lgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ushbu jinoyatni 2000 yilda tug‘ilgan M.A. hamda X.Z.lar sodir etgani aniqlanib, Toshkent viloyatining Qibray tumani hududida navbatdagi bezorilikni amalga oshirish maqsadida voqea joyiga kelgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarga asosan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan guruh a’zolari hamda ularni boshqa jinoiy holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv tadbirlari hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati mushtlashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made