Toshkent viloyatida bir mahkum boshqasini o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyati Piskent tumanidagi jazoni o‘tash manzil koloniyalarining birida ikki mahkum o‘rtasidagi janjal o‘lim bilan yakunlandi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Voqea joriy yilning 4 iyul kuni 50-sonli manzil koloniya yotoqxonasida sodir bo‘lgan. Muqaddam to‘rt marotaba sudlangan shaxs o‘zaro tortishuv vaqtida boshqa bir mahkumga tan jarohati yetkazgan.

“Kechasi qo‘lida temir bor edi, menga otib qoldi. Shu payt iyagiga urdim, urgan vaqtimda o‘ng oyog‘i sirpanib ketib, ushlab qolishga harakat qilsam ham yerga tushdi.”, deydi ayblanuvchi.

Sud hukmi bilan ayblanuvchi Sh.X. Jinoyat kodeksining 104-modda (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Uning o‘talmay qolgan jazosini qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Avvalroq Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida mahkum vafot etgani haqida xabar bergan edik. IIVga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

mahkum

Baholaganlar

611

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing