Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatidagi shahar va tumanlar hududidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan davlat zaxirasidagi 40 ta nuqtada jami 6,59 gektar yer maydoni mikro GES qurish uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu ajratib berilgan nuqtalarda mikro gidroelektr stansiyalarni qurish uchun tashabbuskorlarni aniqlash maqsadida yer maydonlari auksion savdoga chiqariladi.

Ular Piskent, Ohangaron, Bekobod, Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq, Qibray, Chinoz, Bo‘ka, Yangiyo‘l, Zangiota tumanlari va Angren, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq shaharlarida quriladi.

Ma’lumot uchun, bungacha ham viloyatda 43 ta mikro GES qurilishi uchun yer maydonlari ajratish to‘g‘risida viloyat hokimining tegishli qarori imzolangan. Viloyatdagi 264 ta nuqtada mazkur inshootlarni qurish uchun aniq hududlar belgilab olingan bo‘lsa, shu kunga qadar, 102 ta hududda kichik GESlar qurilishi uchun yer maydonlari ajratilgan, hozirda qurilish ishlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevga energetika sohasidagi vazifalar ijrosi va yangi loyihalar yuzasidan taqdim etilgan axborotda bu yil O‘zbekistonda quvvati 65 megavatt bo‘lgan 1 ming 185 ta mikro GES barpo etilishi belgilangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati mikro GES

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing