Toshkent viloyatida 30 yoshli ayol o‘zini poyezd ostiga tashladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida ayol o‘zini poyezd ostiga tashlagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 30 aprel kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashagan 1995 yilda tug‘ilgan ayol “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan tezyurar yo‘lovchi poyezdi tagiga o‘zini tashlashi oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilib, sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Toshkent viloyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing