Toshkent viloyatida 2 dona tog‘ lolasini uzgan yigit jarima to‘ladi
3-sahifa
−
20 aprel
69382 dona tog‘ lolasini uzgan yigit tabiatga zarar yetkazgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan.
Aytilishicha, Ohangaron tumani “Chetsuv” MFY tog‘li hududida fuqaro I.E. Qizil kitobga kiritilgan 2 dona tog‘ lolasini uzib, tabiatga zarar yetkazgan.
“Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 1 mln 700 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar chorasi qo‘llanildi”, deyiladi boshqarma xabarida.
LiveBarchasi