Toshkent viloyatida 18 yosh qiz o‘zini osib qo‘ydi

3-sahifa

image

Telegram’dagi “Sukut saqlama” loyihasi Toshkent viloyatining Angren shahrida 18 yosh qiz o‘z hovlisining molxonasida o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar joylandi.

Xabarga ko‘ra, voqea 28 yanvar kuni sodir bo‘lgan va qizni Angren shahrining Milliy gvardiyasida xizmat qilayotgan yigit agar qiz uchrashuvga kelmasa, fotosuratlarni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, shantaj qilgan.

“Nahotki bu yigitga hech qanday chora ko‘rilmasa? Yana qancha qizlarning umriga zomin bo‘ladi? Bunday insonlarning qilmishlarini (agar inson deyishga loyiq bo‘lsa) ochiq sud tartibida ko‘rilishi, qanday ota-ona tarbiya berganini hamma ko‘rishini istayman!

Qiz og‘ir vazmin xarakterli edi. Bechora qattiq qo‘rqib ketib eng oxirgi chora deb o‘limni tanlagan. Yigit ishlashini inobatga olsak, demak, u qizdan ancha katta. Bechora qizgina mentalitetimizdagi “odamlar nima deydi” kabi gap-so‘zlardan qo‘rqqan! Natijada bir oilaning guldek qizi endi yo‘q!” deyilgan xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov munosabat bildirib, haqiqatdan ham 2023 yil 28 yanvar kuni soat taxminan 18:30 larda Angren shahar, “Beruniy” MFY Beruniy ko‘chasi, 58-uyda yashagan 2004 yilda tug‘ilgan qiz R.N. yashash uyining molxona to‘siniga o‘zini osib, joniga qasd qilganini ma’lum qildi.

“Mazkur holat yuzasidan marhumaning yaqinlari va boshqa tegishli shaxslardan tushuntirish xatlari olinib, sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Yangi yil bayrami arafasida Buxoroda ikki ayol o‘zini osib qo‘ygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing