Toshkent viloyatida 18 yashar yigit YTHda halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Yuqorichirchiq tumanida sodir bo‘lgan YTH  videosi tarqaldi. Unda katta tezlikda harakatlanayotgan “Jiguli” yo‘l chetidagi daraxt va beton to‘siqqa borib urilganini ko‘rish mumkin. IIV YHXBB mazkur YTH bo‘yicha ma’lumot berdi.

Halokat joriy yilning 1 sentyabr kuni soat 14:00 larda, Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani hududidan o‘tgan 4P-15 “Qiziltog‘-Yangibozor” avtomobil yo‘lining 67-kilometrida yuz bergan. Haydovchi, 2003 yilda tug‘ilgan M.M. (haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan) “Vaz-2107” rusumli avtomobilda “Yangibozor-Parkent” yo‘nalishida harakatlanayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib, chap tomonda bo‘lgan beton devorga urilgan.

Natijada, haydovchi M.M. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent viloyati

Baholaganlar

208

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing