Toshkent viloyatida 17 nafar ko‘cha bezorisi ushlandi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 14 fevral kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir guruh ko‘cha bezorilari ushlandi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati rasmiy sahifasi orqali xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbir davomida o‘zaro kelishmovchiliklarni zo‘ravonlik yo‘li bilan hal etishga uringan, poytaxt va viloyatdan bo‘lgan ikki guruhga mansub jami 17 nafar shaxs aniqlanib, qo‘lga olingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular ko‘cha bezoriligi bilan shug‘ullangan hamda jamoat tartibini buzgan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar sudga taqdim etilgan. Sud qaroriga ko‘ra, ushlangan shaxslarning 12 nafariga 5 sutka, 5 nafariga esa 10 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Huquqbuzarlar o‘z qilmishlaridan pushaymon ekanliklarini bildirgan. Ular kelgusida bunday noqonuniy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka, ota-onalari va yaqinlarining ishonchini oqlashga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida haydovchi va bir guruh fuqarolar o‘rtasida ko‘cha janjali sodir bo‘lgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Sud zo'ravonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing