Toshkentda ko‘cha janjalida qatnashganlar ushlandi

3-sahifa

image

Kecha, 9 fevral kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida haydovchi va bir guruh fuqarolar o‘rtasida ko‘cha janjali sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Yusuf Sakkokiy mahallasi hududida Isuzu yuk avtomashinasi haydovchisi va uning yo‘lovchisi bir nechta fuqarolar bilan tortishib qolgan. Tortishuv janjalga aylanib ketgan.

Janjal vaqtida yuk mashinasining yo‘lovchisi temir buyum bilan bir fuqaroning bosh qismiga urib, unga tan-jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilar ushlangan.

Hozirda hodisa bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Olmazor tumanida 19 yoshli yigit kompyuter klubida unga salom bermagani sababli ikki nafar voyaga yetmagan o‘quvchini pichoqlagandi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent haydovchi ko'cha janjali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing