Toshkent viloyatida 14 yoshli bolaga shilqimlik qilgan erkak qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Ohangaron shahrida 14 yoshli bolaga shilqimlik qilgan 28 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Hujjatga ko‘ra, Q.O‘. 2024 yil 5 dekabr kuni soat 17:30 larda o‘z boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasida Ohangaron shahridan kesib o‘tgan Toshkent-Angren yo‘nalishida harakatlanib kelayotib, “No‘g‘oyqo‘rg‘on” MFYga qarashli 5-kichik tuman hududidagi piyodalar o‘tish yo‘lagi oldidan 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan F.I. ni yo‘lovchi sifatida olib, yo‘lda uni o‘ng tomondagi qo‘shimcha yo‘l orqali Ohangaron shahar Amir Temur ko‘chasidagi 5 qavatli uylar oralig‘idan mahalla orasiga olib kirgan hamda uni qo‘llari va oyoq qismlariga teginib, shahvoniy shilqimlik qilib, uning sha’ni va qadrqimmatini tahqirlaydigan harakatlarni sodir qilgan.

Kecha, 9 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron shahar sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan va Q.O‘. aybini tan olib, qilmishidan pushaymonligini bildirib, yengillik so‘ragan. Sud qarori bilan erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41 prim 1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bilan huquqbuzarlik harakatini sodir qilganlikda aybdor deb topilgan va unga shu modda bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Sochi – Toshkent yo‘nalishi bilan uchib kelayotgan samolyot borti kuzatuvchisiga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamalgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ohangaron shilqimlik 5 sutkaga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing