Toshkent viloyatida 129 gektar maydon yonib ketdi
Jamiyat
−
29 iyun 2021 10607 1 daqiqa
Joriy yilning 28-29 iyun kunlari Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda hududiy inspeksiyalari tomonidan olib borilgan nazorat vaqtida hududda 129 gektar yer maydoni yonib ketgani aniqlandi.
Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabariga ko‘ra, o‘rganish davomida somon poyalarining yoqilishi natijasida jami 40 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi.
Ayrim tadbirkorlar hamda fuqarolarning tabiatga nisbatan nooqilona munosabatlari natijasida 129 gektar yer maydoni yonib ketgan. Natijada atrof-muhitga 113 mln 178 ming 492 so‘m miqdorda zarar yetkazilgan.
Barcha qonun buzulish holatlari yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarima hamda atrof-muhitga yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha tayyorlangan materiallar sud organlariga qonuniy qaror chiqarish uchun yo‘naltirilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025