Toshkent viloyatida 10 ming dollarlik dorini mashina eshigiga yashirganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni avtomobil eshiklari orasiga yashirib olib o‘tayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyatda o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbiri doirasida Bosh boshqarma Tezkor qidiruv xizmati, Bo‘stonliq shahar ichki ishlar boshqarmasi va DXX hududiy bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro E.Z. va uning tengdoshi X.Q. qo‘lga olingan.

Ushbu shaxslar avtomashina eshigining ichki qismida xufiyona tarzda yashirilgan 760 dona turli nom va ko‘rinishdagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib ketayotgan vaqtda daliliy ashyo bilan ushlangan. Qora bozordagi taxminiy qiymati 10 ming AQSH dollaridan oshuvchi mazkur dori vositalarini Bo‘stonliq tumani hududiga olib o‘tish maqsadida olib kelganliklari aniqlangan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi xonadondan har xil turdagi giyohvand va psixotrop moddalari va ularni qadoqlashda kerak bo‘ladigan buyumlar saqlagan shaxs qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent dori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing