Toshkent viloyatida hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida hokim yordamchisi fuqaroga kredit ajratishda ko‘maklashish evaziga pora oldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi sifatida ishlagan shaxs “Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan fuqaroga uy-joy sharoitini yaxshilash uchun mansabdor tanishlari orqali 120 mln so‘m imtiyozli kredit ajratib bermoqchi bo‘lgan. Mansabdor fuqarodan ushbu ish evaziga 5 mln 200 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, hokim yordamchisi avval ham sudlangan va bu ishidan xulosa chiqarmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida 200 mln so‘mni talon-toroj qilgan hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pora

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing