Toshkent viloyatida hokim majburiy obuna to‘g‘risida farmoyish chiqargani aniqlandi
Jamiyat
−
02 dekabr 2021
13351Toshkent viloyati Chinoz tumani hokimi gazetaga majburiy obuna bo‘lish haqida qaror qabul qilgani aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Vazirlik “E-qaror” elektron tizimini doimiy monitoring qilib borish natijasida Chinoz tuman hokimining joriy yil 12 noyabr kuni qabul qilingan “Chinoz tumanida 2022-yil uchun “Chinoz hayoti” ijtimoiy-siyosiy gazetasi obunasini uyushqoqlik bilan tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishini aniqlagan.
Chinoz tuman adliya bo‘limi gazetaga majburiy obunani noqonuniy deb topib, joriy yilning 15 noyabr kuni hokimlikka mazkur farmoyishni bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritgan. Taqdimnomaga asosan mazkur farmoyish Chinoz tuman hokimi qarori bilan bekor qilingan.
LiveBarchasi